ArchDev99

Ommaviy oferta

Yangilangan: 2026-11-01

Umumiy qoidalar

Ushbu hujjat O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq ommaviy oferta: sotuvchi uni ArchDev99 Pro litsenziyasini sotib oluvchi har qanday shaxsga taklif qiladi. archdev99.uz/buy sahifasidagi shaklni yuborish va to'lov qilish ofertaning to'liq qabul qilinishi (aksepti) hisoblanadi.

Sotuvchi

Rustam Mamadaminov Muxammadi o'g'li — o'zini o'zi band qilgan shaxs, STIR 506233862. Faoliyat turi: dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va texnik qo'llab-quvvatlash. Aloqa: Telegram.

Nima sotiladi

ArchDev99 dasturining Pro qismidan bitta kompyuterda (Kompyuter ID bo'yicha) foydalanish huquqi — oddiy (eksklyuziv bo'lmagan) litsenziya — va shu muddatdagi texnik qo'llab-quvvatlash: yangilanishlar va savollarga javob. Muddat — 30, 60 yoki 90 kun. Dasturning bepul qismi va 14 kunlik Pro sinovi to'lovsiz.

Narx va to'lov

Narx: 25000 so'm — 30 kun; tanlangan muddat uchun jami summa archdev99.uz/buy sahifasida ko'rsatiladi. To'lov so'mda, Paynet Xolis orqali: o'sha sahifadagi QR kod yoki kartaga o'tkazma. Har bir to'lov uchun elektron chek beriladi. Sotuvchi QQS to'lovchisi emas.

Kalit berish

Sotuvchi to'lovni tekshirgach, odatda bir ish kuni ichida kalit beradi: u dasturga o'zi keladi va archdev99.uz/buy sahifasida ham ko'rinadi. Muddat kalit berilgan kundan hisoblanadi; amaldagi kalit uzaytirilsa, qolgan kunlar saqlanadi (jami ko'pi bilan 3 oy). To'lov topilmasa, buyurtma sababi ko'rsatilgan holda rad etiladi.

Voz kechish va pulni qaytarish

Kalit berilgunga qadar buyurtmadan voz kechsangiz yoki buyurtma rad etilsa, to'lov to'liq qaytariladi. Kalit berilgandan keyin Pro sotuvchi aybi bilan ishlamasa va 14 kun ichida tuzatilmasa, to'lov to'liq qaytariladi; boshqa hollarda foydalanilmagan to'liq 30 kunlik davrlar uchun haq qaytariladi. So'rov uchun Telegram orqali yozing: pul to'lov qilingan kartaga 10 kun ichida qaytariladi.

Foydalanish shartlari va javobgarlik

Dasturdan foydalanish Foydalanish shartlari (litsenziya shartnomasi) bilan tartibga solinadi. Dastur «qanday bo'lsa shunday» beriladi; sotuvchining javobgarligi shu buyurtma uchun to'langan summa bilan cheklanadi. Open CAD Studio — boshqa mualliflarning bepul dasturi; sotuvchi uning ishlashi uchun javob bermaydi.

Shaxsiy ma'lumotlar

Sotib olish shaklidagi ma'lumotlar faqat litsenziya va chek berish uchun ishlatiladi: batafsil — Maxfiylik siyosati.

Nizolar va o'zgarishlar

Nizolar muzokara yo'li bilan, kelishilmasa O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sudda hal qilinadi. Sotuvchi ofertani o'zgartirishi mumkin: yangi tahrir shu sahifada e'lon qilingan kundan amal qiladi, avval to'langan buyurtmalarga esa to'lov paytidagi tahrir qo'llanadi.