Maxfiylik siyosati
ArchDev99 — Windows uchun dastur va archdev99.uz sayti. Quyida ular qanday ma'lumotlar bilan ishlashi yozilgan.
Kompyuter ID
Litsenziya uchun dastur uskuna identifikatorlarini o'qiydi: Windows MachineGuid, tizim diskining seriya raqami va ona plata UUID. Ulardan «Kompyuter ID» hosil qilinadi. ID sizning kompyuteringizda qoladi — faqat kalit sotib olish uchun uni sotuvchiga o'zingiz yuborsangiz, sotuvchiga ma'lum bo'ladi.
Dastur qaysi manzillarga ulanadi
Dastur faqat quyidagilarga ulanadi:
- archdev99.uz — narx, yangiliklar, darsliklar va versiya haqidagi imzolangan feed.json ni olish uchun;
- archdev99.uz/k/<xesh>.txt — kalit fayli uchun; fayl nomi Kompyuter ID ning bir tomonlama xeshi, ya'ni ID ni bilmagan odam uni topa olmaydi;
- litsenziya muddatini tekshirish uchun joriy vaqtni bilish maqsadida ommaviy HTTPS saytlarning Date sarlavhasi.
Nima yuborilmaydi
Dastur telemetriya yubormaydi, fayllaringizni va chizmalaringizni hech qayerga jo'natmaydi.
Litsenziya holati
Litsenziya holati kompyuteringizda saqlanadi: AppData, ProgramData va Windows reyestrida.
Sayt va cookie
archdev99.uz cookie ishlatmaydi. Statistika cookie'siz (Cloudflare Web Analytics) yig'iladi.
To'lov va mijoz ma'lumotlari
Saytda to'lov ma'lumotlari qayta ishlanmaydi. Mijozlarning ismlari faqat sotuvchida, oflayn saqlanadi.
Aloqa
Savollar uchun Telegram'da yozing: Telegram