ArchDev99 1.3: katta chizmalarda ham hamma asboblar ishlaydi
ArchDev99 1.3 versiyasi tayyor. Asosiy tuzatish: AutoCAD'da chizilgan katta chizmalar (o'n minglab obyekt) Open CAD Studio'da ochilganda ham ArchDev99 asboblari to'liq ishlaydi.
Nima tuzatildi
- Katta DWG chizmalar. Chizmada mingdan ortiq nuqta yoki polilinya bo'lsa, dastur CAD'da bosilgan nuqtani ko'rmay qolardi. Endi bunday chizmalarda ham hamma asbob ishlaydi.
- Nimalar ishlaydi: eshik va deraza qo'yish, o'qlar, jadval va spetsifikatsiya joyini tanlash, xonani ichidan bosib belgilash, PLINE bilan devor chizish, tayyor konturdan xona qo'yish.
Yana nimalar yangi
- Litsenziya himoyasi kuchaytirildi. Noqonuniy tarqatilgan kalitlar bekor qilinadi. Sotib olingan kalitingiz avvalgidek ishlayveradi.
- O'rnatuvchini tekshirish. Saytda «Yuklab olish» tugmasi ostida o'rnatuvchining SHA-256 xeshi bor. Faylni yuklab olgach, PowerShell'da Get-FileHash .\ArchDev99-Setup-1.3.0.exe buyrug'i chiqargan xesh bilan solishtiring: bir xil bo'lsa, fayl asl.
Yangilash
Yangi o'rnatuvchini archdev99.uz saytidan yuklab oling va eski versiya ustidan o'rnating: sozlamalar va litsenziya saqlanadi. Yangilash bepul.
Talablar
Windows 10/11 va Open CAD Studio 2026.43+. Pro 14 kun bepul sinab ko'riladi.