ArchDev99

ArchDev99 1.2: Pro endi saytda sotib olinadi

ArchDev99 1.2 versiyasi tayyor. Asosiy yangilik: Pro sotib olish uchun endi hech kimga yozish shart emas — hammasi saytda bajariladi, kalit esa dasturga o'zi keladi.

Pro qanday sotib olinadi

  • Dasturda Litsenziya → Saytda sotib olish ni bosing. Sayt ochiladi, kompyuter ID allaqachon yozilgan bo'ladi.
  • Muddatni tanlang — 1, 2 yoki 3 oy. Narx: 2$ (≈ 25 000 so'm) har 30 kun uchun.
  • Ko'rsatilgan kartaga to'lang va chek rasmini yuboring.
  • To'lov tasdiqlangach, kalit dasturga o'zi keladi.

Yana nimalar yangi

  • «Pro'ni uzaytirish». Pro tugashiga 7 kun qolganda panelda shu tugma chiqadi. Uzaytirilganda qolgan kunlar yo'qolmaydi.
  • Telegram. Yangiliklar — @archdev99 kanalida, savol-javob — guruhda.

Yangilash

Saytda berilgan kalitni faqat 1.2 va undan yangi versiyalar qabul qiladi, shuning uchun 1.0 yoki 1.1 ni yangilab oling — bu bepul. Yangi o'rnatuvchini archdev99.uz saytidan yuklab oling.

Talablar

Windows 10/11 va Open CAD Studio 2026.43+. Pro 14 kun bepul sinab ko'riladi.

Boshqa tillarda: Русский · English